22:29 15 Noyabr 2018
Efir
  • RUB121.79
  • EUR9374.66
  • USD8271.27
Mejdunarodnыy turnir po kurashu na kubok prezidenta Respubliki Uzbekistan

Oʻzbekistonda kurash boʻyicha 1-xalqaro turnirga tayyorgarlik boshlandi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Sport
Havola olish
56730

Oʻzbekiston prezidenti sovrini uchun oʻtkaziladigan kurash boʻyicha xalqaro turnirda 1-oʻrin sohibi 50 ming dollar mukofotni qoʻlga kiritadi

TOSHKENT, 3 sen - Sputnik. 6-sentyabr kuni Toshkentda Oʻzbekiston prezidenti sovrini uchun 1-xalqaro turnir oʻtkaziladi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 2 oktyabrdagi "Kurash milliy sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq Kurash Xalqaro assotsiatsiyasi taʼsis etilgan kun 6 sentyabr – "Kurash" milliy sport turi kuni sifatida belgilangan edi.

Kurash, Shaxrisabz
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov

Shu munosabat bilan Toshkentdagi "Oʻzbekiston" sport majmuasida Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti sovrini uchun 1-xalqaro turnir boʻlib oʻtadi. 

Unda kurash tarixidagi anʼanaviy va zamonaviy yoʻnalishlarni uygʻunlashtirgan mutlaq vaznda bellashuvlar boʻlib oʻtadi. Turnirning sovrin jamgʻarmasi 100 000 AQSH dollari, shundan gʻolibga 50 000 AQSH dollari beriladi.

Eslatib oʻtamiz, tarixi 3 yarim ming yildan ortiq boʻlgan kurash mustaqillik yillarida jahon sahniga chiqdi. Dzyudo va sambo ustasi, kurashchi polvon Komiljon Yusupov oʻzbek milliy sportining qoidalarini tizimga solib, xalqaro sport standartlariga olib chiqdi.

1998 yil 6 sentyabr kuni Toshkentda Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasiga asos solingan edi. Oʻtgan 20 yil mobaynida oʻzbek milliy sporti dunyo darajasiga chiqa oldi. Nufuzli ekspertlar tomonidan "XXI asr sporti" deya eʼtirof etilgan kurash bugun  Osiyo, Afrika, Pan-Amerika Oʻyinlari dasturidan rasman oʻrin egalladi.

Asosiy mavzular