22:43 15 Noyabr 2018
Efir
  • RUB121.79
  • EUR9374.66
  • USD8271.27

AQSH ochiq chempionatida ilk bor yaponiyalik tennischi gʻolib chiqdi

© AFP 2018 / TIMOTHY A. CLARY
Sport
Havola olish
24610

US Openda Naomi Osaka afsonaviy Serena Vilyams ustidan shov-shuvli gʻalaba qozonib “Katta shlem” sohibi boʻldi.

TOSHKENT, 9 sen – Sputnik. AQShda tennis boʻyicha boʻlib oʻtgan  ochiq chempionatda Naomi Osaka afsonaviy Serena Vilyams ustidan gʻalaba qozondi.

Bu US Open chempionatlarida yaponiyalik sportchi tomonidan yutib olingan birinchi “Katta shlem” boʻldi. Final bahsda Naomi Osaka 6-2, 6-4 hisobda gʻalaba qozondi.

Qizigʻi shundaki, yakuniy setda hakam Serena Vilyamsni bir ochko jarimaga tortdi. Bunga sabab Uilyams tomonidan oʻyin qoidasining buzilishi, raketkani sindirish, sudyani haqorat qilish  va unga oʻyin davomida treneri tomonidan maslahat berilishi boʻldi.

Oʻyin Serena Uilyams va hakam orasida katta janjan byuilan yakunlandi. Janjal soʻnggida Serena sudyaga qarab “Sen bundan buyon hech qachon, hech qayerda mening birorta oʻyinimda ham hakamlik qilmaysan” , -deb baqirdi.

Oʻyindan soʻng esa, Uilyams sudyani ayollar huquqlarini poymol qilishda aybladi. AQShda Serena Uilyams ayollar teng huquqligining faol kurashchisi sifatida tanilgan. 

Voqea qanday boʻlganini qoʻyidagi videolavhada tomosha qilishingiz mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Naomi Osaka 1997 yilda Yaponiyaning Osaka shahrida tugʻilgan. Uning Otasi Gaitilik Leonard Fransua onasi esa yaponiyalik Tamaki Osaka. Serena Uilyams Naomining bolalikdan tennis dunyosidagi “kumir”i boʻlgan. Ayni damda Naomi Garold Solomon tennis institutida shugʻullanadi.

Asosiy mavzular