06:46 13 Dekabr 2018
Efir
  • RUB125.22
  • EUR9456.46
  • USD8312.64
Futbolist tashkentskogo Lokomotiva Marat Bikmayev

Marat Bikmayev hakamlar va ishqibozlarni haqorat qilgani uchun jazolandi

© Foto: press-slujba Professionalnoy futbolnoy ligi
Sport
Havola olish
277 0 0

Oʻzbekiston PFL maʼmuriyati Marat Bikmayevni 20 million soʻmga jarimaga tortdi va boʻlajak 2ta oʻyindan chetlatdi.

TOSHKENT, 28 noya – Sputnik. Oʻzbekiston PFL maʼmuriyatining Etika qoʻmitasi “Lokomotiv” jamoasi oʻyinchisi Marat Bikmayevning hatti-harakatini yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi, deb xabar qilmoqda PFL matbuot xizmati.

Etika qoʻmitasi ushbu vaziyatni atroflicha oʻrganib chiqqan holda, Musobaqalar reglamentining intizomiy va jarimalar kodeksi 3-boʻlim, 5.45 bandining “G” qismini qoʻpol ravishda buzgani eʼtirof etilgan Marat Bikmayevning 31-tur oʻyini vaqtida va ungacha boʻlgan 23-tur uchrashuvi paytida ham odob-ahloq qoidalaridan chetga chiqqanini inobatga olib, futbolchini 2 ta rasmiy oʻyinga chetlatdi va futbolchiga nisbatan 20million soʻm miqdorida jarima belgilandi.

“Marat Bikmayevning “Paxtakor”ga qarshi oʻyinda ham odob-ahloq qoidalariga mos kelmaydigan xatti-harakat amalga oshirganini aslo oqlab boʻlmaydi. Zero milliy terma jamoa aʼzosi barchaga oʻrnak boʻlishi lozim aslida”, - deyilgan xabarda.  

Eslatib oʻtamiz, PEPSISuperliga 31-tur uchrashuvlari doirasidagi “Lokomotiv” – “Paxtakor” uchrashuvi vaqtida “Lokomotiv” jamoasi futbolchisi Marat Bikmayev “Paxtakor” jamoasi muxlislari tomon qoʻli bilan xunuk harakat koʻrsatgan edi.

Undan tashqari, superliga 23-tur uchrashuvlari doirasidagi “Metallurg” – “Lokomotiv” bahsi 90+4 daqiqasida ham “temiryoʻlchilar” jamoasi zaxira oʻrindigʻida oʻtirgan Marat Bikmayev hakamlar guruhini ham haqorat qigan va Bikmayev ikkita rasmiy uchrashuvdan chetlatilgan edi.

Asosiy mavzular