07:09 13 Dekabr 2018
Efir
  • RUB125.22
  • EUR9456.46
  • USD8312.64

Modrich Ronaldu va Messini yana sovrinsiz qoldirdi

© Sputnik / Aleksey Filippov
Sport
Havola olish
140 0 0

"Real Madrid" hamda Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich France Football tomonidan oʻtkazilgan 2018 yilgi "Oltin toʻp"ga munosib koʻrildi.

TOSHKENT, 4 dek - Sputnik. "Real Madrid" hamda Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich France Football tomonidan oʻtkazilgan 2018 yilgi "Oltin toʻp"ni ilk bor qoʻlga kiritdi. 

Shu tariqa Modrich Ronaldu-Messining 10 yillik erasidan soʻng "Oltin toʻp" sohibi boʻlga birinchi futbolchi boʻldi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Luka Modric (@lukamodric10)

"Oltin toʻp-2018" soʻrovnomasining oʻntalik roʻyxati quyidagicha:

1. Luka Modrich (“Real”, Xorvatiya)
2. Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”, Portugaliya)
3. Antuan Grizmann (“Atletiko”, Frantsiya)
4. Kilian Mbappe (“PSJ”, Frantsiya)
5. Lionel Messi (“Barselona”, Argentina)
6. Muhammad Saloh (“Liverpul”, Yegipet)
7. Rafael Varan (“Real”, Frantsiya)
8. Eden Azar (“Chelsi”, Belgiya)
9. Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”, Belgiya)
10. Xarri Keyn (“Tottenxem”, Angliya)

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan mavsumda 33 yoshli futbolchi "Real Madrid" tarkibida Chempionlar Ligasidagi ketma-ket uchta gʻalabani qoʻlga kiritgandi. Xorvatiya terma jamoasi safida esa Modrich JCH-2018’da finalga qadar yetib borib, musobaqaning eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgandi.

Shuningdek, Modrich avgust oxirida UYEFA tomonidan 2017-18 yilgi mavsumning eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan edi. Sentyabr oyida esa FIFA tomonidan yil oʻyinchisi nomiga sazovor boʻlgandi.

France Football nashri "Oltin toʻp" sovrini 1956 yilda joriy qilgan. Sovrin Yevropa qitʼasida yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladi. Futbolchini sport jurnalistlari tanlaydi.

Asosiy mavzular