07:12 13 Dekabr 2018
Efir
  • RUB125.22
  • EUR9456.46
  • USD8312.64
Predstaviteli FIFA na stadione Milliy

FIFA "Milliy" stadionini yangilash uchun mablagʻ ajratadi

Assotsiatsiya futbola Uzbekistana
Sport
Havola olish
378 0 0

FIFA vakillari Toshkentga tashrif chogʻida "Milliy" stadioniga tashrif buyurishdi. Ular stadion chimini FIFA Forward dasturi orqali yangilash boʻyicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan chora-tadbirlar haqida tegishli koʻrsatmalar berib oʻtishdi.

TOSHKENT, 5 dek - Sputnik. FIFA vakillari Elia de Santis va Leonard Greter Oʻzbekistonga tashrif chogʻida "Milliy" stadioniga tashrif buyurishdi, deb xabar berdi Oʻzbekiston Futbol assotsiasiyasi.

Mehmonlar yangi mavsum oldidan stadion chimini FIFA Forward dasturi orqali yangilash boʻyicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan chora-tadbirlar haqida tegishli koʻrsatmalar berib oʻtishdi. Mazkur loyiha boʻyicha kelgusida "Milliy" stadionining chimini yangilash ishlari FIFA Forward dasturi orqali moliyalashtirilishi koʻzda tutilgan.

Predstaviteli FIFA na stadione Milliy
Assotsiatsiya futbola Uzbekistana
Predstaviteli FIFA na stadione "Milliy"

3-4 dekabr kunlar Toshkentda FIFA Forward dasturi boʻyicha seminar boʻlib oʻtdi. Seminarda Afgʻoniston, Iroq, Qirgʻiziston, Falastin, Saudiya Arabistoni, Suriya, Tojikiston, Turkmaniston, BAA, Yaman va Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyalari vakillari qatnashdi. 

Seminar davomida FIFA Forward dasturi boʻyicha istiqbolli rejalar muhokama qilinib, qatnashchilar bu borada oʻzaro fikr almashishdi. Shuningdek, FIFA tashkilotining turli departamentlaridan tashrif buyurgan mutaxassislar oʻz maʼruzalari bilan qatnashishdi.  Jumladan, Osiyo va Okeaniya milliy assotsiatsiyalari direktori Sanjivan S Balasingam, Osiyo va Okeaniya milliy assotsiatsiyalari loyihalari boʻyicha koordinator Elia De Santis, Gʻarbiy va Markaziy Osiyo hududiy assotsiatsiyalarini rivojlantirish menejeri Essam Al-Suhibaniy, Gʻarbiy va Markaziy Osiyo hududiy assotsiatsiyalari koordinatori Andrey Vashkevich  FIFA Forward dasturidan unumli foydalanish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berishdi.

Shuningdek, seminar davomida milliy futbol assotsiatsiyalarning 2019-2022 yillarga moʻljallangan rivojlanish dasturi ham muhokama qilindi. 

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkentning eng hashamatli stadioni "Bunyodkor" nomi "Milliy" etib oʻzgartirilgandi. Stadionning ochilishi marosimi 2012 yil 28-sentyabrda boʻlib oʻtgan. Stadion 34 ming tomoshabinga moʻljallangan. Bu yil xalq maydoniga aylandi, chunki unda avval oʻynagan “Bunyodkor” futbol jamoasi uni oʻzining jamoa balansiga oʻtkazmagan. Sport obʼyektida elektr energiyasi va suvdan foydalanish qarzi 100 million soʻmni tashkil qilgan.

Asosiy mavzular