02:41 26 Iyun 2019
Efir
  • RUB135.34
  • EUR9731.96
  • USD8562.34
Glavnыy trener sbornoy Uzbekistana po futbolu Ektor Kuper

Kuper Oʻzbekiston termasi oʻyinchilarini darvozaga urilmagan gol uchun jazolamoqda

© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana
Sport
Havola olish
122810

Oʻzbekiston milliy jamoasi BAAdagi Osiyo Kubogi start olishidan oldin qattiq shugʻullanmoqda

TOSHKENT, 4 yanv - Sputnik. Oʻzbekiston termasi 5 yanvar kuni BAAda boshlanadigan Osiyo Kubogiga tayyorgarlikni davom etmoqda.

Turnir oldidan futbolchilar qattiq shugʻullanishmoqda. Ikkiyolama oʻyin oldida jamoa murabbiyi Ektor Kuper sudya rolida chiqdi, jamoa shifokori esa videoassistent vazifasini bajardi, deb xabar qildi Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot-xizmati.

Kuper futbolchilarni darvozaga toʻgʻri tepilmagan har bir gol uchun jazoladi: xatolardan keyin futbolchilarga 25 martadan "otjimaniya" qilishga toʻgʻri keldi.

BAAda Osiyo Kubogi oʻyinlari 5 yanvarda start oladi va 1 fevralga qadar davom etadi. Oʻzbekiston termasi F guruhida Ummon, Turkmaniston va Yaponiya jamoalari bilan oʻyinga chiqadi. Milliy terma jamoa birinchi oʻyinini 9 yanvar kuni Ummonga qarshi oʻtkazadi.

Asosiy mavzular