09:10 22 Mart 2019
Efir
  • RUB129.09
  • EUR9488.13
  • USD8378.04
Glavnыy sudya Ravshan Irmatov.

Ravshan Ermatov Suriya – Falastin uchrashuvini boshqaradi

© Sputnik / Ramil Sitdikov
Sport
Havola olish
399 0 0

Unga Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam berishadi.

TOSHKENT, 5 yanv  — Sputnik. 6 yanvar kuni Osiyo Kubogi 1-turidan oʻrin olgan Suriya – Falastin uchrashuvini oʻzbekistonlik hakam Ravshan Ermatov boshqarib boradi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar qildi.

Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam berishadi. Darvoza ortida esa Ilgiz Tantashev va Valentin Kovalenko ishlaydi. Toʻrtinchi hakam – Sergey Grishchenko (Qirgʻizston).

Bugun, 5 yanvar kuni BAAda Osiyo Kubogi start oladi. Ochilish uchrashuvida BAA terma jamoasi Bahrayn bilan kuch sinashadi.

Ushbu uchrashuvni iordaniyalik Adham Muhammad boshqarib boradi.

Asosiy mavzular