Velosportchi Olga Zabelinskaya Osiyo chempionatining oltin medalini qo‘lga kiritdi

© Foto: NOK UzbekistanaVelogonshitsa Olga Zabelinskaya
Velogonshitsa Olga Zabelinskaya  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2018 yilning kuz oylarida Olga Zabelinskaya Fransiyada bo‘lib o‘tgan “Chronodes Nations” musobaqasida hamda 2018-yilning dekabr oyida Shveysariyada bo‘lib o‘tgan “Track Cycling Challenge” musobaqalarida oltin medalni qo‘lga kiritgan edi. Bu u qo‘lga kiritgan uchinchi oltin medal hisoblanadi

TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Olga Zabelinskaya Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi O‘zbekiston velosport federatsiya matbuot xizmati.

“Indoneziyaning Jakarta shahrida bo‘lib o‘tayotgan velotrek bo‘yicha Osiyo chempionatida Olga Zabelinskaya  guruh poygalarida 70 ochko to‘plab oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin 22 ochko to‘plagan Tayvanlik Xuan Ting Ing, uchinchi o‘rin esa 15 ochko to‘plagan Xitoylik  Djan Yingga nasib etdi”, - deyilgan xabarda.

2018 yilning kuz oylarida Olga Zabelinskaya Fransiyada bo‘lib o‘tgan “Chronodes Nations” musobaqasida hamda 2018-yilning dekabr oyida Shveysariyada  bo‘lib o‘tgan “Track Cycling Challenge” musobaqalarida oltin medalni qo‘lga kiritgan edi. Bu u qo‘lga kiritgan uchinchi oltin hisoblanadi.

O‘zbekistonlik yosh shaxmatchi sensatsion tarzda jahon chempioni Magnus Karlsenni mag‘lub etdi ˃˃˃

Mazkur musobaqa 2020-yil Tokioda (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan 32-yozgi Olimpiya va 16- Paraolimpiya o‘yinlariga reyting ochkolarini taqdim etuvchi musobaqa hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0