Eronlik Xalk “dunyodagi eng qo‘rqinchli odam” bilan jang qiladi

© instagram / sajadgharibihulkIranskiy tajeloatlet Sadjad Garibi, izvestniy pod prozvishem "Iranskiy Xalk"
Iranskiy tajeloatlet Sadjad Garibi, izvestniy pod prozvishem Iranskiy Xalk - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
MMA tarixidagi eng shov-shuvli jang 2019-yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

TOShKENT, 11 yanv - Sputnik. Britaniyalik Martin Ford va eronlik Sajad G‘aribiy bodibilder-gigantlar jangi 2019-yilda rejalashtirilgan, deb xabar qilmoqda Sputnik Eron.

Eronlik og‘ir atletikachi Sajad G‘aribiy 27 yoshda. U “Eronlik Xalk” nomi bilan mashhur. Sajad o‘z Instagram sahifasini yuritadi. Ayni damda uning sahifasini 400 mingdan ziyod kishi kuzatib boradi va bu ko‘rsatkich o‘sishda davom etmoqda. Xalkning bo‘yi 188 metr, vazni esa 174 kilogrammni tashkil etadi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot iranian hulk 🇮🇷 (@sajadgharibiofficial)

“Biz, eronliklar, boshlagan ishimizni oxiriga yetkazishga o‘rganganmiz. Meni MMAga taklif qilishgan ekan, buni rad qilolmayman. Shunday ekan, mening muayan istaklarim va majburiyatlarim yuzaga keladi”, - dedi G‘aribiy.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot iranian hulk 🇮🇷 (@sajadgharibiofficial)

Shuningdek, G‘aribiy rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedovga qoyil qolganini ta’kidladi. Uning Konor Makgregor ustidan qozongan g‘alabasini haqli deb hisoblaydi. Habib bilan oktagonda jang qilish orzu qiladi.

36 yoshli Martin Ford haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, u aktor va bodibilder sifatida mashhur. Uning laqabi – “Dunyodagi eng qo‘rqinchli odam”

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Martyn Ford (@martynfordofficial)

Fordning bo‘yi 207 santimetr, vazni esa 150 kilogramm.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Martyn Ford (@martynfordofficial)

Har ikki og‘ir atletikachi uchun mazkur jang ilk jang bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0