00:00 23 Yanvar 2019
Efir
  • RUB126.33
  • EUR9518.45
  • USD8378.18
Portugalskiy forvard Yuventusa Krishtianu Ronaldu

Politsiya zoʻrlashda ayblanayotgan Krishtianu Ronalduning DNK namunasini olishga ruxsat berdi

© AFP 2018 / JOSE JORDAN
Sport
Havola olish
531 0 0

Politsiya kuni kecha Italiya sud tizimiga order joʻnatgan. Chunki Ronaldu ayni damda “Yuventus” jamoasi tarkibida toʻp suradi.

TOSHKENT, 11 yanv – Sputnik. Las-Vegas politsiyasi "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduning DNK namunasini olish uchun order berdi. Bu haqda RIA Novosti Wall Street Journal nashri tayanib xabar bermoqda.

Xabarda keltirilishicha, politsiya Ronalduning DNKsi bilan Ketrin Mayorga libosidagi topilgan genetik materiallar bir biriga mos kelish kelmasligi aniqlamoqchi.

Politsiya kuni kecha Italiya sud tizimiga order joʻnatgan. Chunki Ronaldu ayni damda “Yuventus” jamoasi toʻp suradi.

2018 yilning sentyabrida Spiegel nemis jurnali amerikalik model Ketrin Mayorga Ronalduni zoʻrlaganlikda ayblayotgani haqida maʼlum qilgandi. Nashr maʼlumotlariga qaraganda, 2010 yil yanvarida futbolchi vakillari jabrlanuvchi jim yurishi uchun 375 ming dollar toʻlagan.

Keyinchalik Las-Vegas politsiyasi Ronalduga nisbatan qizni zoʻrlaganligi haqida jinoiy ishni qayta qoʻzgʻatgan.

Ronalduning oʻzi bir necha marotaba ayblovni rad etgandi.

Asosiy mavzular