O‘zbekiston - Yaponiya bahsini boshqaradigan hakamlar ma’lum bo‘ldi

© AFP / GIUSEPPE CACACEMatch mejdu sbornimi Uzbekistana i Turkmenistana na kubke Azii po futbolu
Match mejdu sbornimi Uzbekistana i Turkmenistana na kubke Azii po futbolu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Osiyo Kubogi guruh bosqichidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuvni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘tkazadi.

TOShKENT, 15 yanv – Sputnik. O‘zbekiston - Yaponiya uchrashuvini BAAlik hakam Muhammad Abdulla Hasan Muhammad boshqarib boradi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar qildi.

Bosh hakamga yon chiziqlarda BAAlik Muhammad Ahmad Yusuf Abdulla va Hasan Muhammad Hasan Abdulla yordam berishadi. 

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaArbitr iz OAE Muxammad Abdulla Xasan Muxammad
O‘zbekiston - Yaponiya bahsini boshqaradigan hakamlar ma’lum bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston
Arbitr iz OAE Muxammad Abdulla Xasan Muxammad

Darvoza ortida BAAlik boshqa bir hakam Ammor Junaybiy va iroqlik Ali Sabah Ad-Day Al-Qaysiy ishlaydi. To‘rtinchi hakam Xu Vey Min — Xitoydan. 

Eslatib o‘tamiz, 17-yanvar kuni Osiyo Kubogi guruh bosqichidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuvni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘tkazadi.

Uchrashuv Al-Ayn shahridagi “Xalifa bin Zayd” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0