"Samuraylar yutqazmaydi": O‘zbekiston termasi Yaponiyaga mag‘lub bo‘ldi

© AFP / GIUSEPPE CACACEMatch sbornix Yaponii i Uzbekistana na Kubke Azii-2019
Match sbornix Yaponii i Uzbekistana na Kubke Azii-2019 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston terma jamoasi guruhda ikkinchi o‘rinni egalladi. Endi 21-yanvar kuni shu stadionda Avstraliya terma jamoasiga qarshi bahs yuritadi. 

TOShKENT, 17 yanv - Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi guruh bosqichi oxirgi tur o‘yinlari doirasida Yaponiyaga qarshi bahs olib bordi va bitta to‘p farqi bilan raqibga mag‘lub bo‘ldi.

Natijada terma jamoa guruhda ikkinchi o‘rinni egalladi. Endi 21-yanvar kuni shu stadionda Avstraliya terma jamoasiga qarshi bahs yuritadi. 

Osiyo Kubogi-2019. "F" guruhi, 3-tur. Yaponiya – O‘zbekiston 2:1

Gollar: Eldor Shomurodov 40, - 0:1. Muto Yoshinori 43, - 1:1. Sukasa Shiotani 57, - 2:1.

Yaponiya: Daniel Shmidt, Sei Muroya, Tomoaki Makino, Genta Miura, Sho Sasaki, Toshixiro Aoyama, Sukasa Shiotani, Junya Ito, Koya Kitagava (Takexiro Tomiyasu, 90+3), Takashi Inui (Gengi Xaraguchi, 81), Muto Yoshinori (Vataru Endo, 85).

O‘zbekiston: Ignatiy Nesterov, Davron Hoshimov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Yegor Krimes, Farruh Sayfiyev, Fozil Musayev (Sardor Rashidov, 76), Otabek Shukurov, Dostonbek Hamdamov (Azizbek Turg‘unboyev, 65), Javohir Sidiqov, Ikrom Aliboyev, Eldor Shomurodov (Marat Bikmayev, 69).

Yangiliklar lentasi
0