O‘zbekiston-Avstraliya uchrashuviga kim sudyalik qilishi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishGlavniy sudya vo vremya futbolnogo matcha
Glavniy sudya vo vremya futbolnogo matcha - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuv Osiyo kubogining 1/8 finali doirasida 21-yanvar kuni o‘tkaziladi

TOShKENT, 19 yanv - Sputnik. Osiyo kubogi-2019 o‘yinlarida O‘zbekiston va Avstraliya terma jamoasi uchrashuviga Abdulrahmon Ibrohim al-Jassim rahbarligidagi Qatarlik sudyalar brigadasi hakamlik qiladi, deb xabar berdi O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasi matbuot-xizmati.

O‘zbekiston-Yaponiya uchrashuvi. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston-Yaponiya bahsi: eng qiziqarli lahzalar

Liniyada unga Tolib Salim Al-Marriy va Saud Ahmad Al-Makalehlar yordam berishadi.

Darvoza ortida qatarlik arbitrlar - Xamis Muhammad Al-Marriy va Axmad Abu Bakr Said Al-Kaflar ishlashadi. Zaxiradagi referi - shri-lankalik Deniya Gedara Palita. 

Uchrashuv 21-yanvar kuni Al-Ayndagi "Xalifa bin Zayd" stadionida mahalliy vaqt bilan soat 18:00da (Toshkent vaqti bilan soat 19:00da) boshlanadi.

Ilgarirov futbol sharhlovchisi Oleg Dmitriyev Sputnikka bergan intervyusida Avstraliyaga O‘zbekiston bilan 1/8 uchrashuvida "inglizlar futboliga o‘xshamagan o‘yin" pand berishi mumkinligini aytgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi "F" guruhida ikkinchi o‘rinni egalladi. Endilikda "bo‘rilar" nimchorak finalda Avstraliya terma jamoasiga qarshi bahs olib borishadi.

Bolelshiki sbornoy Uzbekistana na tribunax pered matchem Kubka Azii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik futbol muxlislari Dubay ko‘chalarida raqsga tushmoqda

Ungacha esa terma jamoa a’zolari Al-Aynda mashg‘ulotlarni davom ettirishadi.

Nimchorak finalda o‘zaro bahs olib boradigan juftliklar bilan tanishing:

20 yanvar Iordaniya - Vyetnam; 20 yanvar Tailand - Xitoy; 20 yanvar Eron - Ummon; 21 yanvar Yaponiya - Saudiya Arabistoni; 21 yanvar Avstraliya - O‘zbekiston; 21 yanvar BAA - Qirg‘iziston; 22 yanvar Janubiy Koreya - Bahrayn; 22 yanvar Qatar - Iroq.

Yangiliklar lentasi
0