09:50 18 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Ravshan Irmatov

Oʻzbekistonliklar finalda: Ravshan Ermatov brigadasi asosiy oʻyinni boshqaradi

© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana.
Sport
Havola olish
44930

Final bahsiga oʻzbekistonlik Ravshan Ermatov bosh hakam sifatida tayinlangan.

TOSHKENT, 30 yanv – Sputnik. OFK Osiyo Kubogi finalini boshqarib boradigan hakamlar brigadasini tasdiqladi, deb xabar qildi Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi.

1 fevral kuni boʻlib oʻtadigan bahsga oʻzbekistonlik Ravshan Ermatov bosh hakam sifatida tayinlangan. Ermatovga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov assistentlik qiladi.

Uchrashuv zaxira hakami sifatida xitoylik Ma Ning tanlangan.

VAR tizimini italiyalik Paolo Valeri boshqarsa, unga singapurlik Muhammad Taqi Bin Jahari va avstraliyalik Kristofer Bit yordam beradi.

Eslatib oʻtamiz, hal qiluvchi uchrashuv juma kuni Abu-Dabidagi "Zayed Sports City Stadium"da Yaponiya va Qatar terma jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtadi.

Asosiy mavzular