11:20 25 Aprel 2019
Efir
  • RUB131.78
  • EUR9493.15
  • USD8441.36
Turnir po xokkeyu s shayboy sredi detey

Oʻzbekcha xokkey: birinchi chempionatning birinchi oʻyini 8 fevralda

Sputnik / Stringer
Sport
Havola olish
231 0 0

Xokkey boʻyicha birinchi Oʻzbekiston chempionatining birinchi bosqichi 17 martda yakunlanadi, 20 martdan esa pley off boshlanadi.

TOSHKENT, 7 fev - Sputnik. Oʻzbekistonda birinchi xokkey musabaqasi boshlanmoqda, deb xabar qilmoqda Milliy Olimpiya qoʻmitasi.

“Mustaqil Oʻzbekiston tarixida ilk marotaba oʻtkazilayotgan ushbu musobaqada "Binokor", "Xumo", "Semurgʻ" va "Toshkent" jamoalari ishtirok etishadi. Ikki oy davom etadigan chempionat doirasida 24 ta uchrashuv boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan”, - deyilgan xabarda.

Oʻyinlar «Ice City» muz arenasida tashkil qilinadi. Dastlabki oʻyin 8 fevral kuni soat 18:00 da “Toshkent” va "Binokor" jamoalari orasida boʻlib oʻtadi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston birinchi xokkey chempionatining ochilish marosimi 1 fevral kuni boʻlib oʻtgan edi.

Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi 2018 yilning 28 mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan. Federatsiyaning asosiy maqsad va vazifasi – mamlakatimizda xokkeyni ommalashtirish va rivojlantirish, aholi orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, xokkey boʻyicha Respublika chempionati, kubogi, Oʻzbekiston hududida oʻtkaziladigan xalqaro musobaqalarni tashkil qilishdan iboratdir.

Asosiy mavzular