23:31 18 Fevral 2019
Efir
  • RUB127.67
  • EUR9510.03
  • USD8395.15
Igroki sbornoy Uzbekistana po futbolu pered matchem s Avstraliyey na kubke Azii 2019

FIFAning yangi reytingida Oʻzbekiston yuqoriladi

REUTERS / Satish Kumar Subramani
Sport
Havola olish
430 0 0

Osiyo kubogida sensatsiya tarzda gʻolib boʻlgan Qatar terma jamoasi eʼlon qilingan reytingda birdaniga 38 pogʻonaga yuqoriladi.

TOSHKENT, 7 fev - Sputnik. Osiyo kubogidagi ishtirokidan soʻng Oʻzbekiston terma jamoasi FIFAning yangi reytingida 6 pogʻonaga yuqoriladi.

Endilikda Oʻzbekiston milliy jamoasi 89-oʻrinni egallab turibdi.

Reyting yetakchiligini jahon chempionatining bronza medali sohibi Belgiya terma jamoasi saqlab turibdi. Jahon chempionati gʻoliblari frantsuzlar esa reytingning ikkinchi pogʻonasidan oʻrin olgan. Uchinchi oʻrin Braziliya vakillariga nasib etdi. Birinchi oʻnlikka Xorvatiya, Angliya, Portugaliya, Urugvay, Shveytsariya, Ispaniya va Daniya kiritilgan.

Osiyo kubogida ilk bor gʻoliblikni qoʻlga kiritgan Qatar jamoasi reytingda oʻz vaziyati aʼlo darajada oʻnglab, 93-oʻrindan 55-oʻringa sakrab oldi.

Osiyo futbol konfederatsiyasi (AFC) jamoalari oʻrtasida yangilangan reytingda Eron (22-oʻrin), Yaponiya (27-oʻrin), Janubiy Koreya (38-oʻrin), Avstraliya (42-oʻrin), Qatar (55-oʻrin), BAA (67-oʻrin), Saudiya Arabistoni (70-oʻrin), Xitoy (72-oʻrin), Iroq (80-oʻrin), Suriya (83-oʻrin), Liviya (86-oʻrin) yuqori pogʻonalarni band etishdi.

Qirgʻiziston jamoasi esa 4 pogʻona yoʻqotib, 95-oʻringa tushib ketdi.

Hozir reytingda jami 211 milliy jamoalar keltirilgan.

Asosiy mavzular