00:10 19 Fevral 2019
Efir
  • RUB127.67
  • EUR9510.03
  • USD8395.15
Feruz Abdullayev

Ot sporti federatsiyasiga yangi rais tayinlandi

© NOK Uzbekistana
Sport
Havola olish
124 0 0

Samarqandlik tadbirkor Ot sporti federatsiyasi raisi etib saylandi.

TOSHKENT, 12 fev – Sputnik. Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasiga yangi rais tayinlandi, deb xabar qilmoqda Milliy Olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati.

11 fevral kuni MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov ishtirokida boʻlib oʻtgan majlisda Abdullayev Feruz Talʼatovich nomzodi taklif etildi va  ishtirokchilar tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.

Umid Ahmadjonov Oʻzbekiston jamoasi 2022 yilda boʻlib oʻtadigan Tokio Olimpiadasida ot sporti boʻyicha ham ishtirok etishiga umid bildirdi.

“Bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildiraman. Bu sport men uchun begona emas. Mamlakatimizda ot sporti soʻnggi 5-6 yilda rivojlandi deya olaman. Nasib qilsa, birgalikda harakat qilamiz va mazkur sport turini yanada rivojlantiramiz. Boshqa viloyatlarda ham ot sporti yoʻnalishlarini kuchaytiramiz”, – dedi Feruz Abdullayev.

Maʼlumot uchun, Feruz Abdullayev 1976 yilda Samarqandda tavallud topgan. Tadbirkorlik bilan shugʻullanadi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Ot sporti federatsiyasi 2017 yilda prezdent Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil qilingan edi. Federatsiya raisi lavozimida 2017 yildan buyon Zoir Mirzayev ishlab kelayotgan edi. 

Asosiy mavzular