11:46 24 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Vratar sbornoy UZbekistana Ignatiy Nesterov

Doping mojarosi: OʻFA Ignatiy Nesterov ishi boʻyicha rasmiy bayonot berdi

Assotsiatsiya futbola Uzbekistana
Sport
Havola olish
998 0 0

OʻFA ommaviy axborot vositalarida keng tarqalgan Ignatiy Nesterovdan Osiyo Kubogi davomida olingan tahlillarda taqiqlangan modda topilgani haqida xabarga rasmiy bayonot berdi.

TOSHKENT, 15 fev - Sputnik. Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasi ommaviy axborot vositalarida keng tarqalgan Oʻzbekiston milliy tera jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterovdan Osiyo Kubogi davomida olingan tahlillarda taqiqlangan modda topilgani haqida xabarga rasmiy bayonot berdi.

Qayd etilishicha, haqiqatan ham, Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterovdan Osiyo Kubogi doirasida olingan tahlillar natijasida uning qonida taqiqlangan modda aniqlangani haqida rasmiy xat OʻFA va Nesterov ayni paytda toʻp surayotgan Saudiya Arabistonining "Uhud" klubiga rasmiy xat yuborilgan. 

Ammo mazkur xatda bu masala boʻyicha hozirda OFK Tartib-intizom qoʻmitasi ish olib borayotgani, hali yakuniy qaror qabul qilinmagani, ungacha esa bu maʼlumotni oshkor qilmay turish soʻralgan. Shuningdek, yakuniy qaror qabul qilingunga qadar Ignatiy Nesterov hech qaysi jamoa tarkibida maydonga tusha olmasligi ham xatda maʼlum qilingan.

Xabarda yozilishicha, shunga qaramay, "Uhud" klubi oʻzining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida bu maʼlumotni ommaga oshkor qilib, Nesterov doping qabul qilgani tufayli OFK tomonidan chetlatilgani haqida xabar tarqatadi.

Terma jamoa shifokorlari Ignatiy Nesterov bilan bu masalada suhbatlashishganda, Nesterov Osiyo Kubogi davomida terma jamoa shifokorlarining ruxsatisiz va ularni ogohlantirmay vazn tashlashga yordam beruvchi dori qabul qilgani maʼlum boʻldi.

OʻFA Ignatiy Nesterovning bu xatti-harakatini qoralashini, shu bilan birga futbolchining ataylab taqiqlangan moddalarni qabul qilish maqsadi boʻlmaganini, bu dori tarkibidagi baʼzi moddalar taqiqlanganini bilmaganini maʼlum qildi.

Shuningdek,Tartib-intizom qoʻmitasi yigʻilishidan soʻng yakuniy qarorni qabul qilishini,ungacha esa barcha ommaviy axborot vositalaridan Ignatiy Nesterov boʻyicha xabar yozayotganda mana shu jihatlarga eʼtibor qaratish soʻralgan.

Asosiy mavzular