02:08 23 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Uzbekskiy bokser Shaxram Giyasov

Shahram Gʻiyosov meksikalik raqibini texnik nokautga uchratdi

Press-slujba Natsionalnogo olimpiyskogo komiteta RUz
Sport
Havola olish
57910

Shahram Gʻiyosov professional ringda oʻtkazgan yettinchi jangida yettinchi gʻalabani qoʻlga kiritdi.

TOSHKENT, 24 fev - Sputnik. Oʻzbekistonlik professional bokschi Shahram Gʻiyosov Meksikaning Tixuana shahrida 23 fevral kuni boʻlib oʻtgan jangda meksikalik raqibini texnik nokautga uchratdi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Olimpiya qoʻmitasi.

Edgar Puerto beshinchi raundda Shahramning ketma-ket zarbalaridan soʻng muvozanatni yoʻqotdi. Hakamlar meksikalik bokschining sogʻligʻiga xavf tugʻdirmaslik uchun, bahsni toʻxtatishdi va jangda Shahram gʻolib deb eʼlon qilindi. Eslatib oʻtamiz, ushbu jang 10 raunddan iborat boʻlishi kerak edi. 

Ushbu jang Shahram Gʻiyosov uchun professional ringda oʻtkazilgan yettinchi jang va yettinchi gʻalaba boʻldi. Edgar Puerto uchun esa 38 jangda ikkinchi magʻlubiyat boʻldi. Shu vaqtga qadar Puerta - 25 ta gʻalaba, 11 ta durang, 1 ta magʻlubiyatga uchragan edi. 

Asosiy mavzular