O‘zbekiston prezidentining kenja kuyovi yangi lavozimga saylandi

© Natsionalniy olimpiyskiy komitet UzbekistanaOtabek Umarov
Otabek Umarov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidentining kenja kuyovi Otabek Umarov O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi lavozimiga tayinlandi

TOShKENT, 7 mar - Sputnik. 7-mart kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston triatlon federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov Konferensiyasida federatsiya raisi saylandi, deb xabar berdi O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi.

Tadbirda MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov, O‘zbekiston triatlon federatsiyasi rahbariyati va mutasaddilari, hakamlar, sportchilar hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.

"Kun tartibidan o‘rin olgan eng asosiy masala - federatsiya raisi va unga birinchi o‘rinbosar saylash edi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi lavozimga Otabek Umarov nomzodi ilgari surildi.

Konferensiya ishtirokchilari bir ovozdan ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlashlarini ma’lum qildilar. Shu tariqa, Otabek Umarov O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi", deyiladi xabarda

Qolaversa, Umarovning birinchi o‘rinbosari lavozimiga sobiq sportchi, triatlon bo‘yicha ko‘plab xalqaro musobaqalar ishtirokchisi, hozirda tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan Farrux Nosirov nomzodi ilgari surilib, u ham bir ovozdan yangi lavozimga saylandi.

Yangiliklar lentasi
0