21:43 19 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Isroil Madrimov

Isroil Madrimov venesuelalik raqibini nokautga uchratdi - video

© NOK Uzbekistana
Sport
Havola olish
1016 0 0

Oʻzbekistonlik bokschi Isroil Madrimov AQShning Nyu-York shahrida tashkil qilingan boks kechasida oʻzining yana bir gʻalabasini tantana qildi.

TOSHKENT, 10 mar — Sputnik. Oʻzbekistonlik bokschi Isroil Madrimov AQShning Nyu-York shahrida tashkil qilingan boks kechasida oʻzining yana bir gʻalabasini tantana qildi. Bu haqda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar qildi.

Venesuelalik bokschi Frenk Roxasga qarshi bahs kutilganidan ham erta yakunlandi. 10 raundga moʻljallangan jangning ikkinchi raundida Isroil ajoyib zarbasi bilan nokautchi raqibini yerga qulatdi. Bu gʻalabadan keyin oʻzbekistonlik bokschi Isroil Madrimov WBA yoʻnalishida oʻz reyting pogʻonasini ham sezilarli ravishda yaxshilab oladi. Isroil Madrimov ayni paytda WBA yoʻnalishi boʻyicha jahon reytingining toʻqqizinchi pogʻonasida turibdi.

Shu tariqa Isroil Madrimov oʻtkazgan ikkita jangida ham raqiblarini nokaut evaziga dogʻda qoldirmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Madrimov birinchi jangida meksikalik Vladimir Ernandes ustidan gʻalaba qozonib, WBA Intercontinental kamariga ega chiqqan.

Asosiy mavzular