09:44 23 May 2019
Efir
  • RUB131.06
  • EUR9439.00
  • USD8460.92

OAV: Habib Nurmagomedov sentyabrda jang oʻtkazadi

John Locher
Sport
Havola olish
404 0 0

Yengil vazn toifasida UFC chempioni rossiyalik Habib Nurmagomedov sentyabr oyida oktagonga qaytadi.

TOSHKENT, 14 mar - Sputnik. Yengil vazn toifasida UFC chempioni rossiyalik Habib Nurmagomedov navbatdagi jangini 2019 yil sentyabr oyida oʻtkazadi.

Shuningdek, amakivachchasi Abubakar Nurmagomedov va uning doʻsti Zubayra Tuxugov ham oktagonga qaytadi

“Men, Zubayra Tuxugov va Abubakar Nurmagomedov sentyabr oyida jang qilamiz. Hozircha raqiblarimizning kim boʻlishi maʼlum emas”, — deya uning soʻzlarini keltirdi jurnalist Azamat Bostanov oʻzining Instagram sahifasida.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Azamat Bostanov (@a.bostanov)

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 29 yanvar kuni AQShning Nevada shtatida Atletika komissiyasining UFC 229 jang oqshomida yuz bergan janjal yuzasidan sud eshituvi boʻlib oʻtdi. Komissiya qaroriga koʻra, jang oqshomida janjal uyushtirgan Habib Nurmagomedov 9 oyga janglardan chetlatilib, unga 500 ming dollar miqdorida jarima toʻlash majburiyati yuklatilgan edi.
Shuningdek, Habibning amakivachchasi Abubakar Nurmagomedov va uning doʻsti Zubayra Tuxugov ham 1 yilga chetlatilib, ularga 25 ming dollardan jarima toʻlashlari belgilangan edi.

Asosiy mavzular