Kuper China Cup᾽da ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasining tarkibini e’lon qildi

© O‘FAEktor Kuper
Ektor Kuper - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ro‘yxatga Osiyo Kubogidan so‘ng dopingda ayblangan darvozabon Ignatiy Nesterov va bir vaqtning o‘zida ikki klub bilan shartnoma imzolagani uchun futboldan chetlashtirilgan yarim himoyachi Aziz Turg‘unboyev kiritilmagan.

TOShKENT, 14 mar - Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasining bosh murabbiyi Ektor Kuper Xitoyda bo‘lib o‘tadigan China Cup – 2019 turniriga yo‘l oladigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Ro‘yxatga kiritilgan futbolchilar quyidagilar:

Darvozabonlar: Akbar To‘rayev (OKMK), Sanjar Quvvatov (“Paxtakor”), Javohir Ilosov (“Lokomotiv”).

Himoyachilar: Yegor Krimes (“Paxtakor”), Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”), Dostonbek Tursunov (“Renofa Yamaguchi”), Islom To‘xtaxo‘jayev (“Lokomotiv”), Oleg Zoteyev (“Lokomotiv”), Farruh Sayfiyev (“Paxtakor2), Akmal Shorahmedov (OKMK), Davron Hoshimov (“Lokomotiv”).

Yarim himoyachilar: Odil Hamrobekov (“Paxtakor”), Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG”), Otabek Shukurov (“Sharja”), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Sardor Mirzayev (“Lokomotiv”), Dostonbek Hamdamov (“Paxtakor”), Javohir Siddiqov (“Paxtakor”), Ikrom Aliboyev (“Seul”).

Hujumchilar: Marat Bikmayev (“Paxtakor”), Temurxo‘ja Abduholiqov (“Lokomotiv”), Eldor Shomurodov («Rostov»).

Vratar sbornoy UZbekistana Ignatiy Nesterov - Sputnik O‘zbekiston
Doping mojarosi: O‘FA Ignatiy Nesterov ishi bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

Kutilganidek ro‘yxatga Osiyo Kubogidan so‘ng dopingda ayblangan darvozabon Ignatiy Nesterov va bir vaqtning o‘zida ikki klub bilan shartnoma imzolagani uchun futboldan chetlashtirilgan yarim himoyachi Aziz Turg‘unboyev kiritilmagan.

21—25 mart kunlari Xitoyning Guansi shahrida China Cup—2019 musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur musobaqada mezbon jamoadan tashqari O‘zbekiston, Urugvay va Tailand terma jamoalari ham ishtirok etadi. 21-mart kuni Xitoy yarim finalda Tailand bilan kuch sinashsa, 22-mart kuni O‘zbekiston termasi esa Urugvay terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Yarim finalda g‘olib chiqqan jamoalar 25-mart kuni finalda o‘zaro to‘qnash keladi. Shuningdek, yarim finalda mag‘lubiyatga uchragan jamoalar ham 25-mart kuni 3-o‘rin uchun kuch sinashishadi.

Yangiliklar lentasi
0