Ektor Kuper: “Bor kuchimizni Jahon chempionatiga chiqish uchun sarflaymiz”

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida milliy terma jamoa bosh murabbiyi Ektor Kuper yaqin kelajakdagi rejalari va oldiga qo‘ygan maqsadlari haqida ma’lum qildi.

21—25 mart kunlari Xitoyning Guansi shahrida China Cup—2019 musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu turnirda Urugvay, Tailand, Xitoy terma jamoalari ishtirok etishadi. O‘zbekiston terma jamoasining oldiga qo‘ygan asosiy maqsadi – bu Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish.

“Hozirda bor kuchimiz, bor diqqat-e’tiborimiz Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishga qaratilgan. O‘zbekiston terma jamoasi bilan biragalikda, Osiyo Kubogida qatnashgan terma jamoalarning ham o‘yinini tahlil qilib bormoqdamiz. Jahon chempionati saralashida yana ularga duch kelishimiz mumkin. Aytishim mumkinki, agar birgalikda bir jamoa bo‘lib harakat qilsak, Yaponiya, Avstraliya, Janubiy Koreya kabi Osiyo grandlarini mag‘lubiyatga uchrata olamiz. Faqat bunga avval o‘zimiz ishonishimiz kerak”, - dedi bor murabbiy.

Xitoyning Guansi shahrida China Cup—2019 musobaqasi 21 mart kuni Xitoy yarim finalda Tailand bilan kuch sinashsa, 22-mart kuni O‘zbekiston termasi esa Urugvay terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Yarim finalda g‘olib chiqqan jamoalar 25-mart kuni finalda o‘zaro to‘qnash keladi. Shuningdek, yarim finalda mag‘lubiyatga uchragan jamoalar ham 25-mart kuni 3-o‘rin uchun kuch sinashishadi.

Yangiliklar lentasi
0