O‘zbekistonlik bokschining raqibi o‘zgardi

© NOK UzbekistanaUzbekistanes Jalolov provedet segodnya titulniy boy
Uzbekistanes Jalolov provedet segodnya titulniy boy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun Bahodir Jalolov o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.

TOShKENT, 10 apr – Sputnik. Bugun Bahodir Jalolov o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Biroq kecha raqib o‘zgargani ma’lum bo‘ldi, deya xabar qilmoqda MOQ matbuot xizmati.

Bokser Baxodir Jalolov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik bokschining raqibi jangdan bosh tortdi

Qayd etilishicha, o‘zbekistonlik bokschi amerikalik Palmer Donnie bilan jang qilishi kerak edi. Ammo Bahodir Jalolov va uning menejerlari kelishgan holda oltinchi jangda titul kamari uchun bahs olib borishni lozim topishgan.

Shu tariqa, Bahodir Jalolov bugun NABF Junior Heavyweight Title kamari uchun amerikalik Brendan Barretga qarshi jang qiladi.

Ma’lumot uchun, Barret shu paytgacha 11-marta jang olib borgan bo‘lib, 7 bor g‘alaba qozongan, shuningdek, uning hisobida 2 tadan mag‘lubiyat va durang ham mavjud. Bahodir Jalolov uchun bu oltinchi jang bo‘ladi. Jalolov avvalgi barcha bellashuvlarda muddatidan avval raqiblarini mag‘lub etgan.

Bahodir Jalolov raqibini 1-raundda nokautga uchratdi

Bo‘lajak jangga Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan ertaga ertalab boshlanadi.

Yangiliklar lentasi
0