21:17 10 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Dzyudo

Toshkentda dzyudo boʻyicha Osiyo kubogi oʻtkaziladi

Judotmz.jimdo
Sport
Havola olish
96 0 0

Mazkur musobaqa har yili Uchqun Murodov xotirasiga anʼanaviy tarzda oʻtkazilib, unda yosh iqtidorli dzyudochilar saralab olinadi.

TOSHKENT, 12 apr – Sputnik. Joriy yilning 12−15 aprel kunlari Toshkent shahrida dzyudo boʻyicha kadetlar va yoshlar oʻrtasida Osiyo ochiq kubogi boʻlib oʻtadi. Turnirda 6 mamlakatdan 250 ga yaqin ishtirokchi oʻz omadini sinab koʻradi, deb xabar qilmoqda MOQ matbuot xizmati.

Musobaqa reglamentiga koʻra, 12-13 aprel kunlari kadetlar toifasidagi bellashuvlar oʻtkazilsa, 14-15 aprel sanalarida yoshlar oʻz mahoratini namoyish etishadi. Taʼkidlash joiz, mazkur musobaqa har yili Uchqun Murodov xotirasiga anʼanaviy tarzda oʻtkazilib, unda yosh iqtidorli dzyudochilar saralab olinadi.

Taʼkidlanishicha, bahslar “Universal” sport majmuasida oʻtkaziladi. Musobaqada Oʻzbekiston dzyudochilaridan tashqari Rossiya, BAA, Qozogʻiston, Tojikiston va Qirgʻiziston terma jamoasi aʼzolari ham medallar uchun bahs olib borishadi.

Eng koʻp ishtirokchilar Oʻzbekiston (111) va Qozogʻiston (82) jamoalarida qayd etilgan.

Vazn toifalari:

Oʻsmirlar: -50 kg (16 ishtirokchi), -55 kg (26), -60 kg (27), -66 kg (26), -73 kg (18), -81 kg (16), -90 kg (16), +90 kg (16)

Qizlar: -40 kg (6 ishtirokchi), -44 kg (12), -48 kg (9), -52 kg (9), -57 kg (12), -63 kg (14), -70 kg (12), +70 kg (10).

Asosiy mavzular