Eldor Shomurodovning goli “Rostov”ga g‘alaba olib keldi

© FK "Rostov"Eldor Shomurodov
Eldor Shomurodov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chiroyli gol jamoa muxlislarining ulkan xursandchiligiga olib keldi.

TOShKENT, 15 apr – Sputnik. Kecha Rostov-na-Donu shahrida bo‘lib o‘tgan “Rostov” va Moskvayening “Spartak” jamoalari o‘yinida hal qiluvchi golni o‘zbekistonlik Eldor Shomurodov urdi.

Futbolist na pole - Sputnik O‘zbekiston
"Bunyodkor" hujumchisi Eldor Shomurodov "Rostov"ga o‘tdi

“Rostov” jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov zahiradan maydonga ikkinchi taymda chiqdi. O‘shanda hisob 1:1, jamoalar teng o‘yin ko‘rsatayotgan edi. Shomurodov 80 daqiqada burchakda aniq uzatilgan to‘pni boshi bilan raqib darvozasiga yo‘lladi.

Chiroyli gol va uy stadionida erishilgan g‘alaba jamoa muxlislarining ulkan xursandchiligiga olib keldi. Ushbu o‘yinning eng yorqin lahzalarini quyida tomosha qilishingiz mumkin.

Rostov - Spartak - 2:1. Obzor matcha, Rossiyskaya Premyer-Liga, 23 tur 14.04.2019 ot Rossiyskaya Premyer-Liga na Rutube

Eldor Shomurodov 1995-yilning 29-iyunida Termizda tug‘ilgan.Eldorning otasi va akasiprofessional futbolchi. 6 yoshidan boshlab futbol bilan shug‘ullana boshlagan.

O‘zbekistonda dastlab “Mash’al” keyin “Bunyodkor” jamoalarida to‘p surgan. 2017-yilda Rossiyaning “Rostov” jamoasiga 2,5 yillik shartnoma bilan o‘tgan.

Yangiliklar lentasi
0