04:49 20 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Bokser Fazliddin Gaibnazarov

Fazliddin Gʻoibnazarov Shohjahon Ergashev magʻlub etgan bokschiga qarshi ringga koʻtariladi

Natsionalnыy olimpiyskiy komitet Uzbekistana
Sport
Havola olish
219 0 0

Maykl Foks joriy yilning 15 fevral kuni oʻzbekistonlik Shohjahon Ergashevga qarshi ringga koʻtarilib, faoliyatidagi ilk magʻlubiyatini qabul qilib olgan edi.

TOSHKENT, 15 apr – Sputnik. Rio Olimpiadasi chempioni, oʻzbekistonlik professional bokschi Fazliddin Gʻoibnazarovning navbatdagi raqibi aniq boʻldi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, Gʻoibnazarov 11 may kuni AQShning Arizona shtatida boʻlib oʻtadigan bahsda amerikalik Maykl Foksga qarshi jang olib boradi.

Maykl Foks joriy yilning 15 fevral kuni oʻzbekistonlik Shohjahon Ergashevga qarshi ringga koʻtarilib, faoliyatidagi ilk magʻlubiyatini qabul qilib olgan edi. Taʼkidlash joiz, Foks 20 jangidan qolgan 19 tasida gʻalaba qozongan.

“Biz boʻlajak bahsga jiddiy hozirlik koʻrmoqdamiz. Hali vaqt bor, umid qilamanki, navbatdagi gʻalabam bilan barcha boks muxlislarini xushnud etaman”, – dedi Fazliddin Gʻoibnazarov.

Eslatib oʻtamiz, Fazliddin Gʻoibnazarov shu paytgacha professional boksda 7 bor jang oʻtkazib, ularning barchasida gʻalaba qozongan.

Asosiy mavzular