09:36 22 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Rossiyskiy xokkeist Aleksandr Ovechkin

Nokaut: AQShda rossiyalik xokkeychilar oʻrtasida mushtlashuv sodir boʻldi - video

© Sputnik / Maksim Bogodvid
Sport
Havola olish
250 0 0

Stenli Kubogi oʻyini davomida rossiyalik sportchilar Ovechkin va Svechnikov oʻrtasida mushtlashuv sodir boʻldi.

TOSHKENT, 16 apr – Sputnik. Stenli Kubogining 1/8 finali oʻyinida “Karolina” jamoasi hujumchisi Andrey Svechnikov va “Vashington” jamoasi sardori Aleksandr Ovechkin oʻrtasida mushtlashuv sodir boʻldi.

RIA Novosti yozishicha, Ovechkin oʻz raqibini nokaut qildi. Buning ortidan ikkila rossiyalik sportchi oʻyindan 5 daqiqaga chetlashtirildi. Svechnikov keyin oʻyinga qaytmadi.

"Karolina" jamoasi "Vashington Kepitalz" jamoasini 5:0 hisobda magʻlubiyatga utratdi. Uorren Fegele, Dagi Xemilton, Brok Makginn shayba kiritdilar.

 Ikki yil avval Aleksandr Ovechkin “Vashington”- “Kolambus” matchida ommaviy mushtlashuvni boshlagandi. Ovechkin Zak Varenskini kaltaklab, unga jarohat yetkazgandi. Shundan soʻng xokkey maydonida ommaviy mushtlashuv boshlanib ketadi. Mushtlashuvda Ovechkin Josh Andersonga kuchli zarba berib, burnini sindiradi.

Asosiy mavzular