14:51 24 May 2019
Efir
  • RUB131.06
  • EUR9439.00
  • USD8460.92

Shukurjon Rahimov va Bobo-Usmon Baturov chorak finalga chiqdi

© Olimpiya qoʻmitasi
Sport
Havola olish
201 0 0

Bangkokda boʻlib oʻtayotgan Boks boʻyicha Osiyo chempionatida ikki nafar oʻzbekistonlik bokschilar chorak finalga chiqdi.

TOSHKENT, 21 apr – Sputnik. Tailandda boʻlib oʻtayotgan boks boʻyicha Osiyo chempionatida 2 nafar oʻzbekistonlik bokschilar - Shukurjon Rahimov va Bobo-Usmon Baturovlar chorak finalga chiqdi, deb xabar qilmoqda Olimpiya qoʻmitasi.

Tailandda davom etayotgan boks boʻyicha Osiyo chempionatida chorak finalga yoʻllanma olgan yana bir vakilimiz maʼlum boʻldi. Biroz avval 60 kilogramm vazn toifasida ringga chiqqan Shukurjon Rahimov chorak final ishtirokchisiga aylandi. Rahimov ikkinchi davrada yamanlik Ahmad Hussaynga qarshi bahs olib bordi. Uning raqib ustidan toʻliq ustunligida oʻtgan jang yakunda hakamlarning ballarida ham eʼtirof etildi.

Biroz avval 69 kilogram vazn toifasida ishtirok etayotgan oʻzbekistonlik Bobo-Usmon Baturov ham ikkinchi jangini gʻalaba bilan yakunlagan edi. U eronlik bokschi Sajjar Kazemzadaposhtiri bilan toʻqnash kelib, raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Eslatib oʻtamiz, Olimpiada chempioni Hasanboy Doʻsmatov ham Bankokdagi chempionatda oʻzining birinchi  jangini gʻalaba bilan boshladi. Doʻstmatov 52 kilogramm vazn toifasida butanlik Tensin Drugyelidan ancha ustun ekanligini namoyish qildi.  

Asosiy mavzular