Juda qiyin o‘yin: "Paxtakor" o‘z maydonida "Persepolis"ni mag‘lub etdi

© F/k "Paxtakor"Futbolist Igor Sergeyev
Futbolist Igor Sergeyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuv taqdirini zaxiradan maydonga tushgan Igor Sergeyevning 86-daqiqadagi yagona goli hal qildi.

TOShKENT, 6-may – Sputnik. Osiyo chempionlar ligasi 5-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Toshkentning "Paxtakor" klubi Eronning "Persepolis" jamoasini qabul qildi.

Bu haqda O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, o‘yin juda qiyin kechdi. Uchrashuv taqdirini zaxiradan maydonga tushgan Igor Sergeyevning 86-daqiqadagi yagona goli hal qildi.

Ushbu g‘alabadan keyin "Paxtakor" musobaqa jadvalida peshqadamga aylanib oldi.

Yangiliklar lentasi
0