Chempion bo‘ladi: Toshkentda “Yuventus” akademiyasi ochildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAkademiya Yuventusa v Tashkente
Akademiya Yuventusa v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sputnik O‘zbekiston Toshkentda Italiyaning mashhur “Yuventus” futbol klubi akademiyasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

TOShKENT, 8-may - Sputnik. Ramiz Baxtiyarov. Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Yuventus” futbol klubi akademiyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qildi.

Tadbirda Italiyaning “Yuventus” klubining brendni boshqarish va rivojlantirish bo‘yicha ijrochi direktori Karolina Kiappero, akademiyaning Toshkentdagi ijrochi direktori Timur Sultanov,  prezidentning fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov hamda universitet rektori Kungratbay Sharipov ishtirok etishdi.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPress-konferensiya pered otkritiyem
Chempion bo‘ladi: Toshkentda “Yuventus” akademiyasi ochildi - Sputnik O‘zbekiston
Press-konferensiya pered otkritiyem

Akademiyaning ochilish marosimida “Yuventus” klubi murabbiylari bolalar uchun mahorat darslari o‘tkazishdi.

2019 yil avgust oyidan boshlab 5 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarni mavsumiy mashg‘ulotlar uchun saralab olish boshlanadi.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovKarolina Kiappero i Abdujabbar Abduvaxittov
Chempion bo‘ladi: Toshkentda “Yuventus” akademiyasi ochildi - Sputnik O‘zbekiston
Karolina Kiappero i Abdujabbar Abduvaxittov

“Yuventus” akademiyasi Toshkentdagi Turin politexnika universiteti bazasida tashkil etildi.

Mashg‘ulotlar oliygoh hududida o‘tkaziladi. Bu yerda bolalarga sifatli ta’lim berish uchun barcha sharoitlar: sport majmuasi, futbol maydonlari, hovuz, trenajor zali va  diyet-qahvaxonalar mavjud.

“Men “Yuventus”ning 58-akademiyasi ochilish marosimida ishtirok etayotganimdan baxtiyorman. Biz O‘zbekistonda sport sohasida katta o‘zgarishlar sodir bo‘layotganini ko‘rapmiz. Umid qilamanki, akademiyamiz mamlakatda futbolni rivojlantirishda yordam beradi”, - dedi Karolina Kiappero.

Akademiyaning asosiy vazifasi – bolalarga ta’lim berish, nafaqat professional futbolchilarni, balki jamiyatning munosib a’zolarini tarbiyalashdan ham iborat. Shuning uchun o‘quv muassasida tarbiyalanuvchilarning ham jismoniy tayyorgaligiga ham umumiy rivojlanishiga katta e’tibor qaratiladi.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMaster klass ot trenerov iz Turina
Chempion bo‘ladi: Toshkentda “Yuventus” akademiyasi ochildi - Sputnik O‘zbekiston
Master klass ot trenerov iz Turina

Afsonaviy klub vakillari Akademiyaga qabul qilish tartibi va mezonlari haqida to‘xtalib o‘tib, ular barcha xohlovchilarni qabul qilishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilishdi. Shuningdek, har bir bola uchun mahalliy xususiyatlarni inobatga olgan holda eng munosib va qulay mashg‘ulot usullarini tanlashga tayyorlar.

Bundan tashqari, tashkilotchilar bolalarni qabul qilish jarayonida korrupsiyaga har tomonlama qarshilik ko‘rsatishga va’da berishdi. Klub vakillarining so‘zlari ko‘ra, infratuzilma va tashkiliy imkoniyatlar guruh va murabbiylar sonini oshirishga imkon beradi.

Har bir tarbiyalanuvchi uchun eng muvofiq dastur tanlab olinadi. Loyiha doirasida Turin shahriga borish imkoniyatini ko‘zda tutilgan. U yerda o‘zbekistonlik tarbiyalanuvchilar boshqa jahon klublari akademiya futbolchilari bilan kuch sinashishlari mumkin bo‘ladi.

Ma’lum bo‘lishicha, klubda nafaqat bolalar, balki mahalliy murabbiylar ham tayyorlanadi. O‘zbekistonlik murabbiylar bilan ishlash uchun mutaxassislar Toshkentga malaka oshirish maqsadida vaqti-vaqti bilan tashrif buyurishadi.

Bugungi kunga kelib “Yuventus akademiyasi” Yevropa, Osiyo va Amerika qit’asida joylashgan 49 ta mamlakatda o‘z vakolatxonalariga ega va uning 100 dan ortiq muassasalarida 15000 nafarga yaqin bolalar ta’lim oladi.

Yangiliklar lentasi
0