OFK Ignatiy Nesterovni 8 oyga diskvalifikatsiya qildi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaVratar sbornoy Uzbekistana po futbolu Ignatiy Nesterov
Vratar sbornoy Uzbekistana po futbolu Ignatiy Nesterov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
BAAda bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogi vaqtida Nesterovning qonida ta’qiqlangan modda topilgan edi.

TOShKENT, 12-may – Sputnik. Osiyo futbol konfederatsiyasining tartib intizom qo‘mitasi O‘zbekiston terma jamoasining darvozaboni Ignatiy Nesterovni 8 oyga diskvalifikatsiya qildi.Bu haqida Futbolium telegram kanali xabar qildi.

Vratar sbornoy UZbekistana Ignatiy Nesterov - Sputnik O‘zbekiston
Doping mojarosi: O‘FA Ignatiy Nesterov ishi bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

Eslatib o‘tamiz, ushbu yilning yanvar oyida BAAda bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogi vaqtida Nesterovning qonida ta’qiqlangan modda topilgan edi. Keyinroq uning o‘zi Osiyo chempionati vaqtida, jamoa shifokorining ruxsatisiz vazn kamaytiradigan dori vositalaridan foydalanganini xabar qilgan edi.

Ushbu holat yuzasidan Osiyo futbol konfederatsiyasining tartib-intizom qo‘mitasi o‘zining yakuniy qarorini qabul qildi. O‘zbekiston terma jamoasining darvozaboni 8 oyga diskvalifikatsiya qilindi. Diskvalifikatsiya muddati 13-oktabrda tugaydi, lekin Nesterov 13-avgustdan boshlab mashg‘ulotlarda ishtirok etishi va boshqa jamoalar bilan shartnomalar imzolash huquqiga ega bo‘ladi.

Ushbu yilning sentabr oyida O‘zbekiston terma jamoasi 2022-yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatining saralovchi o‘yinlarida ishtirok etishni boshlaydi.

Yangiliklar lentasi
0