Amerikalik yuguruvchi o‘zining g‘aroyib mahorati bilan barchani lol qoldirdi – video

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishLegkaya atletika. Chempionat mira. Sedmoy den
Legkaya atletika. Chempionat mira. Sedmoy den - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerikalik yuguruvchi Infinit Takker yugurish bo‘yicha musobaqada superqahramonga xos sakrash bilan g‘alabaga erishib, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini lol qoldirdi.

TOShKENT, 13-may - Sputnik. Amerikalik yengil atletikachi Infinit Takker superqahramonga xos ravishda sakrash qobiliyati bilan o‘zining muxlislari va butun dunyo bo‘ylab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini hayratga soldi.

Internet bo‘ylab tarqalgan videoda AQShning Feyetville shahrida bo‘lib o‘tgan SEC Outdoor Track & Field Championships musobaqasida 400 metrga to‘siqlar bilan yugurish bo‘yicha bellashuvda uning qaysi g‘ayrioddiy qobiliyati g‘alaba sari yetaklaganini ko‘rish mumkin.

Sportchi deyarli marraga yetib kelishga hozir edi, biroq so‘nggi soniyalarda raqiblaridan biri Robert Grant yetib ola boshlagan. Takker g‘oliblikni qo‘lga bermaslik maqsadida o‘zini marra chizig‘i tomon otgan.

Internet foydalanuvchilari bu sakrashni “supermen sakrashi” deya nomlashdi. Musobaqa Takker sababli yodda qolarli bo‘lib, qizg‘in muhokamaga sabab bo‘ldi. Infinit Takkerning yugurish natijasi 49,38 soniyani tashkil etdi.

G‘alaba sari intilgan har bir kishi o‘z maqsadlariga erishish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solishi lozim. Axir bejizga “O‘ychi o‘yiga yetguncha, tavakkalchi ishini bitkazadi”, deb aytilmaydi.

Yangiliklar lentasi
0