21:03 20 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Prazdnik Navruz v Tashkente

Toshkent va Samarqandda Olimpiya shaharchalari quriladi

Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Sport
Havola olish
30210

Oʻzbekiston XXI yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish uchun daʼvogar.

TOSHKENT, 15 may  — Sputnik. Oʻzbekistonda yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazishni tashkil etish toʻgʻrisida hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazishni tashkil etish uchun munosib infratuzilmani yaratishga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi hamda uni amalga oshirish boʻyicha ishchi guruhi tarkibi tasdiqlandi.

Dasturga koʻra, xalqaro nufuzli musobaqalarni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha jamgʻarma tashkil etiladi, Toshkent va Samarqand shaharlarida Olimpiya shaharchalari quriladi.

Eslatib oʻtamiz, navbatdagi XIX yozgi Osiyo oʻyinlari 2022 yil Xanchou shahrida (Xitoy), XX yozgi Osiyo oʻyinlari 2026 yil Nagoya shahrida (Yaponiya) boʻlib oʻtishi belgilangan boʻlib, 2030 yil XXI yozgi Osiyo oʻyinlari oʻtkazilishi joyi belgilanmaganligi sababli Oʻzbekiston daʼvogar sifatida Osiyo Olimpiya Kengashiga buyurtma berish imkoni mavjud.

Asosiy mavzular