Milliy olimpiya qo‘mitasiga yangi rahbar saylandi

© MOQRustam Shoaburahmonov
Rustam Shoaburahmonov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Qilichbozlik federatsiyasi raisi Rustam Mavzurovich Shoabdurahmonov Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi etib saylandi.

TOShKENT, 16-may – Sputnik. Kecha O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining navbatdan tashqari Bosh assambleyasi bo‘lib o‘tdi. Undan olimpiya qo‘mitasiga yangi rahbar saylandi, deb xabar qilmoqda MOQ matbuot xizmati.

“Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidentligiga O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisi sifatida faoliyat olib borgan Rustam Mavzurovich Shoabdurahmonov nomzodi taklif qilindi. Assambleya ishtirokchilari bir ovozdan ushbu nomzodni qo‘llab quvvatlashdi va Rustam Shoabdurahmonov MOQ prezidenti etib saylandi”, - de yilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin MOQ sobiq rahbari Umid Ahmadjonov o‘z xohishiga ko‘ra ushbu lavozimdan ozod etishni so‘rab ariza yozgan edi.

Bosh Assambleya majlisida bosh vazir Abdulla Aripov, prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ va sport federatsiyalari rahbarlari va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Majlisda so‘zga chiqqan Abdulla Aripov Tokio Olimpiadasiga oz fursat qolgani va o‘zbek sportchilarini bo‘lajak musobaqaga puxta tayyorlash, ishlarni yanada jadallashtirish, Olimpiya o‘yinlariga imkon qadar ko‘proq litsenziyalar qo‘lga kiritish bo‘yicha mutasaddilarga kerakli haqida ko‘rsatmalar berdi.

Yangiliklar lentasi
0