21:11 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63

Samarqandda hokim ishirokida ommaviy yurish marafoni boʻlib oʻtdi

© UzA
Sport
Havola olish
298 0 0

Samarqandda viloyat hokimi ishtirokida ommaviy yurish marafoni va badantarbiya mashqlari boʻlib oʻtdi.

TOSHKENT, 19 may – Sputnik. Bugun tongda Samarqand markazida oʻtkazilgan ommaviy yurish marafonida 25 ming kishi ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda viloyat hokimiyati matbuot xizmati.

“Samarqand shahrida bugun erta tongdan “Biz sogʻlom turmush tarzi tarafdorimiz” shiori ostida ommaviy yurish marafoni boʻlib oʻtdi. Unda 7 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan 25 mingdan ortiq Samarqandliklar ishtirok etishdi. Shundan soʻng Registon maydonida musiqa sadolari ostida  ertalabki badantarbiya mashqlari bajarildi”, - deyilgan xabarda.

Sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va aholini jismoniy faolligi darajasini oshirishga qaratilgan ushbu tadbirda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ham ishtirok etdi.

Marafon v Samarkande

Asosiy mavzular