“Lokomotiv” irodali g‘alabaga erishdi, biroq OChLni tark etdi

© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana"Lokomotiv" v rodnix stenax oderjal neprostuyu pobedu nad "Al-Rayanom"
Lokomotiv v rodnix stenax oderjal neprostuyu pobedu nad Al-Rayanom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Osiyo chempionlar ligasining 6-bosqichi doirasida Toshkentning "Lokomotiv" klubi o‘z maydonida Qatarning "Ar-Rayan" klubini qabul qildi.

TOShKENT, 22-may – Sputnik. Osiyo chempionlar ligasining 6-bosqichi doirasida Toshkentning “Lokomotiv” klubi o‘z maydonida Qatarning “Ar-Rayan” klubini qabul qilib, irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘FA xabar qilmoqda.
Uchrashuv 3:2 hisobida “temiryo‘lchilar2ning g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.

O‘yinning boshidayoq “temiryo‘lchilar” darvozaboni Ma’mur Ikromov qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yib, jarima maydonchasi ichida turgan raqib futbolchisiga to‘pni “sovg‘a” qildi.

Match LChA mejdu Paxtakorom i Persepolisom - Sputnik O‘zbekiston
"Paxtakor" chempionlar Ligasidan chiqib ketdi

O‘tkazib yuborilgan goldan keyin toshkentliklar tomonidan hujumlar uyushtirildi, ammo qatarliklarning qarshi hujumlari xavfli tus ola boshladi. O‘yinning 22-daqiqasiga kelib, Gonsalo Viyera “Lokomotiv” darvozasini ishg‘ol qildi. Hisob 0:2 sifatida  qayd etildi.

O‘z darvozasidan ikkita gol o‘tkazib yuborgan Andrey Fodorov shogirdlari iroda namoyish qilib, Sardor Mirzayev va Temurxo‘ja Abduxoliqovlarning gollari evaziga g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lishdi.

Toshkentning “Lokomotiv” klubi ushbu g‘alaba bilan 7 ochko bilan “V” guruhidagi 3-o‘rinni egalladi va OChLni tark etdi.

Avvalroq “Paxtakor” Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” jamoasiga mag‘lub bo‘lib, OChLning pley-off yo‘llanmasidan mahrum bo‘lgan edi.

Yangiliklar lentasi
0