20:56 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55

Ravon sport jamoasi Rossiya halqa poygasida ilk gʻalabani qoʻlga kiritdi

Team80 Motorsport
Sport
Havola olish
59310

Yangi tashkil qilingan RAVON Racing Team jamoasi Rossiya Halqa poygasida ilk gʻalabani qoʻlga kiritib barchani hayron qoldirdi.

TOSHKENT, 23 may – Sputnik. “RAVON Racing Team”  19-20 may kunlari Bogordsk shahri yaqinida joylashgan “Nijniy Novgorod halqasi” poyga yoʻlida boʻlib oʻtgan Rossiya Halqa chempionatining navbatdagi bosqichida gʻalaba qozondi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Zumrad Press
RAVON racing team

Poygada maxsus tayyorlangan ikkita Ravon Nexia R3 avtomobillari ishtirok etdi. Yangi avtomobil va oldin katta muvaffaqiyatlarga erishmagan poygachining ushbu gʻalabasi haqiqiy sensatsiya boʻldi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Axir uning raqiblari oʻta kuchli jamoalar edi-da: “Akademiya ralli”, “S-logistik”, “Suvar motorsport”.

Zumrad Press
RAVON racing team

Ushbu gʻalabaning eʼtiborli tomoni shundaki, poygaga endi kirib kelgan yangi jamoa va mashhur boʻlmagan poygachi - Yefim Gantmaxer “Turing layt” klassining yetakchisi, tajribali poygachi, 5 marotaba Rossiya chempioni - Vladimir Cherevandan gʻalabani yulib oldi. Buni jamoaning qisqa vaqt ichidi erishilgan katta yutugʻi deb eʼtirof etish mumkin.

Zumrad Press
RAVON racing team

“RAVON Racing Team”  avtomobillarini Samara shahrida joylashgan “TEAM80 Motorsport Engineering”  injenerlari tomonidan tayyorlandi. Erishilgan natijalar avtomobillar juda yaxshi tayyorlanganini namoyish qildi.

Poyga qanday oʻtganini quyida tomosha qilishingiz mumkin. 

Asosiy mavzular