Yangi nomlar bor: Ektor Kuper terma jamoaga jalb qilingan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston milliy jamoasi 2-iyun kuni safarda Turkiya bilan, 7 va 11-iyun kunlari Toshkentda KXDR va Suriya bilan o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazadi.

TOShKENT, 27-may - Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasining bosh murabbiyi Ektor Kuper 28-may - 12-iyun kunlari o‘tkaziladigan yig‘inga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Ro‘yxatdan quyidagi 25 nafar futbolchi joy olgan:

Darvozabonlar:

Sanjar Quvvatov (“Paxtakor”) 

Ilosov Javohir (“Lokomotiv”) 

Suyunov Eldor (“Paxtakor”) 

Ergashev Botirali (“Dinamo”) 

Himoyachilar:

Krimes Yegor (“Paxtakor”) 

Ismoilov Anzur (“Lokomotiv”) 

Tursunov Dostonbek (“Renofa Yamaguchi”, Yaponiya)  

To‘xtaxo‘jayev Islom (“Lokomotiv”) 

Zoteyev Oleg (“Lokomotiv”) 

Sayfiyev Farrux (“Paxtakor”)

Komilov  Akromjon (“Paxtakor”) 

Hoshimov Davron (“Lokomotiv” )

Alijonov Hojiakbar (“Paxtakor”) 

Yarimhimoyachilar:

Hamrobekov Odiljon (“Paxtakor”) 

Ahmedov Odil (“Shanxay SIPG”, Xitoy)

Musayev Fozil (“Jubilo Ivata” Yaponiya)

Aliboyev Ikrom (“Seul”, Janubiy Koreya)

Urunov Oston (“Navbahor”) 

Masharipov Jaloliddin (“Paxtakor”) 

Ibragimov Doston (“Buxoro”)

Ro‘ziyev Quvondiq  (“Qo‘qon-1912”)

Mirzayev Sardor  (“Lokomotiv”)

Hujumchilar:

Shomurodov Eldor (“Rostov”, Rossiya)

Sergeyev Igor (“Paxtakor”) 

Abduxoliqov Temurxo‘ja (“Lokomotiv”)

Ma’lum qilinishicha, legionerlardan Doston Tursunov va Ikrom Aliboyev o‘z klublari tarkibida milliy chempionat o‘yinlarni o‘tkazib, 3-iyun kuni O‘zbekistonga yetib kelishadi. Shuning uchun Turkiyaga qarshi o‘yinda ular  ishtirok eta olishmaydi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2-iyun kuni safarda Turkiya bilan, 7 va 11-iyun kunlari Toshkentda KXDR va Suriya bilan o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazadi.

Yangiliklar lentasi
0