Isroil Madrimovning navbatdagi raqibi aniq bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Madrimovning uchinchi jangi Nyu-York shahridagi “Medison Skver Garden” arenasida o‘tkazadi.

TOShKENT, 29-may – Sputnik. O‘zbekiston professional bokschiIsroil Madrimovning navbatdagi jang sanasi va raqibi aniq bo‘ldi.

Isroil Madrimov - Sputnik O‘zbekiston
Isroil Madrimov venesuelalik raqibini nokautga uchratdi - video

MOQ xabariga ko‘ra, Madrimov o‘zining uchinchi jangini 8-iyun kuni Nyu-York shahridagi “Medison Skver Garden” arenasida o‘tkazadi.

Ushbu boks kechasida Madrimovga meksikalik Norberto Gonsales raqiblik qiladigani. Gonsales shu paytgacha 35-marta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning 23 tasida g‘alaba qozongan (13 nokaut) va 12 bor mag‘lubiyatga uchragan.

Isroil Madrimov esa profi ringda ikki marotaba jang o‘tkazib, ularning har ikkisida ham raqiblarini nokaut evaziga mag‘lub etgan. 

Yangiliklar lentasi
0