Putin amerikalik jurnalistga tatamida jang qilishni taklif qildi – video

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin posetil shkolu programmirovaniya "Shkola 21"
Prezident RF V. Putin posetil shkolu programmirovaniya Shkola 21 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning xalqaro axborot agentliklari rahbarlari bilan bo‘lgan uchrashuvda qiziqarli suhbat bo‘ldi.

TOShKENT, 7-iyun – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning xalqaro axborot agentliklari rahbarlari bilan bo‘lgan uchrashuvda qiziqarli suhbat bo‘lib o‘tdi. Bu haqda R-Sport xabar qildi.

Bloomberg  agentligining xalqaro siyosat bo‘yicha ijrochi muharriri Rozalind Metison davlat rahbariga savol berdi va Putin bilan "ringga chiqishga jur’at eta olmagan" bo‘lishini ta’kidladi.  Savoldan so‘ng uchrashuv moderatori jurnalist tay boksi (muay-tay)ga qiziqishini ma’lum qildi.

“Birinchidan, men o‘zim siz bilan ringga chiqmagan bo‘lishimni aytmoqchiman. Siz ayol kishi bo‘lganingiz uchun emas, balki har bir kishi o‘z ishi bilan shug‘ullanishi lozim. Men hech qachon boks bilan shug‘ullangan emasman. Tatamiga bo‘lsa – marhamat, siz bilan jang qilishga tayyorman. Biroq bu yerda raqobat ustunligiga ega bo‘laman, sizni ishontirib aytishim mumkin”, - deya hazil qildi Putin.

Ushbu suhbat quyidagi videoda 14:30 daqiqadan 16:35 daqiqagacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida o‘z aksini topgan.

Qayd etish joizki, Vladimir Putin yoshligidan sportning dzudo va sambo turlari bilan shug‘ullanadi. 1973-yilda sambo, ikki yil o‘tib esa dzudo bo‘yicha bo‘yicha sport ustasi bo‘ldi. 1998-yilda Rossiyaning sambo bo‘yicha xizmat ko‘rsatgan murabbiy unvoniga sazovor bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0