18:52 13 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Grossmeyster Nodirbek Abdusattorov sыgral s kursantami

Jahonning eng yosh shaxmatchisi kursantlar bilan dona surdi

Press-slujba Ministerstva oboronы RU
Sport
Havola olish
95 0 0

Jahonning eng yosh grossmeysteri sifatida tan olingan Nodirbek Abdusattorov kursantlar uchun mahorat darsini oʻtdi.

TOSHKENT, 7 iyun – Sputnik. Grossmeyster Nodirbek Abdusattorov kursantlar bilan dona surdi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining Sputnik muxbiriga xabar qilishicha, 13 yoshidayoq jahonning eng yosh grossmeysteri sifatida tan olingan Nodirbek Abdusattorov Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi kursantlari uchun mahorat darsini oʻtgan.

Avvaliga shaxmatchi va kursantlar oʻrtasida davra suhbati oʻtkazilib, kursantlar Nodirbekning faoliyati haqida batafsil maʼlumotga ega boʻldilar.

“Shundan soʻng yosh grossmeyster kursantlar bilan dona surdi. Professional shaxmatchi oʻz tajribasini namoyon etib, yigʻilganlar eʼtirofiga sazovor boʻldi”, - deyiladi xabarda.

“Nodirbek shahmat boʻyicha jahon chempioni. FIDE ustasi. 2012 yil Sloveniyada oʻtkazilgan jahon chempionatida va 2014 yil Toshkent shahrida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida oltin medal bilan taqdirlangan. 2017 yil xalqaro turnirda uchinchi bor xalqaro grossmeyster talabini bajardi. Iqtidorli yosh sportchining bu muvaffaqiyati jahon shaxmat olami tarixida ikkinchi natija, deya eʼtirof etildi”, — deydi Nodirbekning murabbiyi, xalqaro grossmeyster Saidali Yuldashev.

Asosiy mavzular