00:23 19 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Glavnыe trener sbornoy Uzbekistana po futbolu Ektor Kuper

Bugun Oʻzbekiston terma jamoasi Suriyaga qarshi maydonga tushadi

REUTERS / Satish Kumar Subramani
Sport
Havola olish
219 0 0

Oʻzbekiston jamoasi FIFA᾽ning terma jamoalar reytingida 85-oʻrinni, Suriya esa 83-pogʻonani band etib turibdi.

TOSHKENT, 11 iyun — Sputnik. Bugun Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Suriyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi. Bu haqda OʻFA xabar qildi.

Uchrashuv "Milliy" stadionda soat 18:30da boshlanadi. Oʻzbekiston jamoasi FIFA᾽ning terma jamoalar reytingida 85-oʻrinni, Suriya esa 83-pogʻonani band etib turibdi.

Mazkur oʻyinni qirgʻizistonlik hakamlar guruhi boshqarib boradi. 

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi iyun oyida ikkita oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazdi. Safarda Turkiyaga 0:2 hisobida magʻlubiyatga uchragan boʻlsa, 7 iyun kuni Toshkentda KXDR terma jamoasini 4:0 hisobida magʻlub etdi.

Asosiy mavzular