23:42 18 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Umid Axmadjonov

Umid Ahmadjonov OʻFA birinchi vitse-prezidentligidan boʻshash haqida ariza yozdi

© Anvar Avazxoʻjayev
Sport
Havola olish
247 0 0

Ahmadjonov joriy aprelida Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasi (MOFA) rahbarligidan ketgan edi, may oyida esa Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidentligidan isteʼfoga chiqqan edi.

TOSHKENT, 13 iyun – Sputnik. Umid Ahmadjonov OʻFA birinchi vitse-prezidentligidan boʻshash haqida ariza yozdi. Bu haqda OʻFA xabar qildi.

Bir vaqtning oʻzida Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti sifatida ham faoliyat yuritib kelayotgan Umid Ahmadjonovich  chet elga xizmat safarlari koʻpligi bois OʻFAdagi mansabini topshirish haqida ariza yozgan.

"Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidentligi nihoyatda masʼuliyatli vazifa. Kelasi  yil Tokioda Olipiya oʻyinlari boshlanadi. Mazkur musobaqaga vaqt kam qolmoqda. Xizmat safarlari koʻp. Shu sababdan Oʻzbekiston futbol assotsitsiyasi vitse-prezidentligidan boʻshash boʻyicha ariza yozdim. Oʻylashimcha, oʻtgan vaqt davomida oʻzbek futboli rivoji uchun astoyidil mehnat qilib, qoʻlimizdan kelgan barcha chora-tadbirlarni amalga oshirdik. Bularning samarasi asta-sekin koʻzga tashlanmoqda. Shu oʻrinda yurtimizda sport rivojiga, xususan, futbol rivojiga katta ahamiyat qaratib kelayotgan muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovichga, barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib berayotgan hukumatimiz rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib oʻtmoqchiman", - degan Umid Ahmadjonov.

Eslatib oʻtamiz, Ahmadjonov joriy aprelida Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi (MOFA) rahbarligidan ketgan edi, may oyida esa Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidentligidan isteʼfoga chiqqan edi.

Asosiy mavzular