20:22 06 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Sbornaya Uzbekistana vnov podnyalas v reytinge FIFA

Oʻzbekiston terma jamoasi FIFAning yangi reytingida bu safar ham yuqoriladi

AFU
Sport
Havola olish
356 0 0

FIFA dunyo terma jamoalarning yangi reytingini eʼlon qildi. Reytingda Oʻzbekiston jamoasi oʻz maqeini yaxshilab olgan.

TOSHKENT, 14 iyun - Sputnik. FIFA tashkiloti milliy terma jamoalarning yangilangan reytingini eʼlon qildi.

Yangilangan reytingda Oʻzbekiston terma jamoasi oʻz mavqeini yaxshilab olgan. Endilikda Oʻzbekiston 1286 ochko jamgʻargan holda reytingda 3 pogʻona yuqorilab, 82-oʻrinni band qilib turibdi.

Jahon reytingidagi yetakchilikni Belgiya milliy jamoasi 1746 ochko bilan  qoʻldan boy bermasdan kelmoqda. Birinchi uchlikka Frantsiya (1746 ochko) va Braziliya (1681 ochko) ham kiritilgan. Angliya milliy jamoasi oʻz mavqeini yoʻqotmasdan, 4-pogʻonani egallab turibdi. Millatlar ligasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan Portugaliya terma jamoasi oʻz mavqeini yaxshilab, nufuzli beshinchi oʻrinni egallagan.

Kuchlik oʻnlik quyidagicha yakunlangan: Xorvatiya (6-oʻrin), Ispaniya (7-oʻrin), Urugvay (8-oʻrin), Shveytsariya (9-oʻrin), Daniya (10-oʻrin).

​Shuningdek, FIFA reytingining yangi talqinida Osiyo jamoalari reytingidagi yuqori oʻnlikka oʻz mavqeini yaxshilagan Oʻzbekiston kiritilgan. Unda umumiy reytingda 20-oʻrindagi Eron milliy jamoasi yetakchilik qilmoqda. Keyingi oʻrinlardan Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Qatar, BAA, Saudiya Arabistoni, Xitoy, Iroq, Oʻzbekiston terma jamoalari oʻrin olgan. Suriya esa 2 pogʻonani yoʻqotib, Oʻzbekistondan keyin 85-oʻrindan joy olgan.

Asosiy mavzular