06:30 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Boy mejdu Xabibom Nurmagomedovыm i Konorom MakGregorom

Habib boʻgʻuvchi usulni qoʻllaganda Konorning yuragini sugʻurib olmoqchi boʻlgan

AP Photo/John Locher
Sport
Havola olish
97010

Instagram UFC Russia sahifasida Habib Nurmagomedov Makregorni boʻgʻuvchi usulni qoʻllashi aks etgan suratni joylashtiradi.

TOSHKENT, 21 iyun – Sputnik. Rossiyalik yengil vaznda UFC chempioni Habib Nurmagomedov Instagram UFC Russia sahifada yozilgan postga izoh yozdi.

Ushbu sahifa obunachilardan biri Habib Nurmagomedov Makregorni boʻgʻuvchi usulni qoʻllashi aks etgan suratni joylashtiradi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Opishite svoi emotsii v etot moment ⤵️

Publikatsiya ot UFC Russia (@ufcrussia)

Muallif bu foto-surat ostida “shu holatda his-tuygʻularingiz haqida yozing” deya murojaat qilgan.

Bu post ostida “Yurakni sugʻurib olish”, - deb yozdi Nurmagomedov.

Oʻtgan yil 6 oktyabrda aralash yakkakurash boʻyicha jangchilar Nurmagomedov va Makgregorning katta mojaro bilan yakunlangan mushtlashuvi boʻlib oʻtgandi. Habib boʻgʻuvchi usulni qoʻllab, gʻalaba qozongandi. Biroq keyin oktagon setkasidan sakrab Makgregorning sparring-sherigi Dillon Denis bilan jang uyushtirgandi. Shu tufayli unga nisbatan jarima sanktsiyalari qoʻllanilgan edi.

Shu yil 29 yanvar kuni AQShning Nevada shtatida Atletika komissiyasining UFC 229 jang oqshomida yuz bergan janjal yuzasidan sud eshituvi boʻlib oʻtdi. Komissiya qaroriga koʻra, jang oqshomida janjal uyushtirgan Habib Nurmagomedov 9 oyga janglardan chetlatilib, unga 500 ming dollar miqdorida jarima toʻlash majburiyati yuklatilgan edi.

Eslatib oʻtamiz, joriy yil 7 sentyabrda Abu-Dabida Habib Nurmagomedov va amerikalik Dastin Porye oʻrtasida jang boʻlishi haqida xabar bergandik.

Asosiy mavzular