07:13 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50

Samvel Babayan “Lokomotiv” bosh murabbiyi sifatida qizgʻin mashgʻulotlarni boshlab yubordi

© Instagram / Lokomotiv (Tashkent)
Sport
Havola olish
225 0 0

Babayan qoʻli ostida dastlabki mashgʻulot qizgʻin ruhda kechdi. Futbolchilar mashgʻulotda astoydil oʻzlarini koʻrsatishga harakat qilishdi.

TOSHKENT, 24 iyun – Sputnik. Samvel Babayan Toshkentning “Lokomotiv” klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Klub futbolchilari yangi murabbiy qoʻl ostida dastlabki mashgʻulotni oʻtkazishdi. Bu haqda “Lokomotiv” matbuot xizmati xabar qildi.

Maʼlum qilinishicha, “Lokomotiv” Superliganing 12-turida “Dinamo”ga imkoniyatni boy bergach, klub murabbiylar shtabida oʻzgarish roʻy bergan. Shu paytgacha asosiy jamoaga ustozlik qilib kelgan Andrey Fyodorov isteʼfoga chiqarilgan.

Xabarda Babayan qoʻli ostida dastlabki mashgʻulot qizgʻin ruhda kechgani, futbolchilar mashgʻulotda astoydil oʻzlarini koʻrsatishga harakat qilishgani qayd etilgan.

Umrbod oʻzbek futbolidan chetlatilgan Babayan yana bosh murabbiylikka qaytishi bir oy oldin paydo boʻlgandi. “Temiryoʻlchilar" rahbariyati jamoaning soʻnggi vaqtlardagi natijasidan qoniqish hosil qilmagan va bosh murabbiy Andrey Fyodorovni isteʼfoga chiqarishga qaror qilgani haqida mish-mishlar bolalagandi. Uning oʻrniga klub prezidentining maslahatchisi sifatida ishlab kelayotgan Samvel Babayan tayinlanlanishi ishonch bilan qayd etilgandi.

Bugungi kunga kelib bir oy oldin urchigan xabarlar oʻz tasdigʻini topdi va Sambel Babayan rasman “Lokomotiv” bosh murabbiyi sifatida qizgʻin mashgʻulotlarni boshlab yubordi.

Eslatib oʻtamiz, Samvel Babayan va uning shtabi jahon chempionatiga chiqish vazifasini uddalay olmagani uchun murabbiylar tarkibi bosh murabbiyligi vazifasidan ozod etilgandi. Keyinchalik futbolchilarning hujjatlarini oʻzgartirish va oʻz manfaatlarini milliy jamoa manfaatlaridan ustun qoʻygani uchun Babayan umrbod oʻzbek futbolidan chetlashtirilgandi. Lekin keyinchalik maʼlum boʻlishicha, Babayanning diskvalifikatsiyasi u eʼlon qilinganidan ikki hafta oʻtib bekor qilingan boʻlgan. Joriy yilning fevral oyida Samvel Babayan Toshkentning “Lokomotiv” professional futbol klubi prezidentiga maslahatchi etib tayinlangani maʼlum boʻldi.

Asosiy mavzular