18:56 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Futbolnыy myach

Oʻzbekiston U-16 terma jamoasi “CAFA U-16 championship-2019” musobaqasida ishtirok etadi

© Sputnik / Alexey Kudenko
Sport
Havola olish
162 0 0

Azamat Abduraimov shogirdlari uchun Tojikistondagi musobaqa boʻlajak saralash oʻyinlari uchun tayyorgarlik vazifasini oʻtib beradi.

TOSHKENT, 3 iyul – Sputnik. Joriy yilning 26 iyul – 1 avgust kunlari Tojikistonda Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi tomonidan oʻtkaziladigan “CAFA U-16 championship-2019” musobaqasi boʻlib oʻtadi.

OʻFAning maʼlum qilishicha, mazkur musobaqada Oʻzbekiston, Tojikiston, Eron, Turkmaniston, Afgʻoniston va Qirgʻizistonning oʻsmirlar terma jamoalari ishtirok etishadi. 

Maʼlumki, Oʻzbekiston U-16 terma jamoasi shu yilning 14-22 sentyabr kunlari Toshkentda tashkil etiladigan Osiyo chempionati 2020 saralash bahslarida qatnashadi. Shu tariqa Azamat Abduraimov shogirdlari uchun Tojikistondagi musobaqa boʻlajak saralash oʻyinlari uchun tayyorgarlik vazifasini oʻtib beradi.

Quyida “CAFA U-16 championship-2019” taqvimi keltirilgan.

1-tur

26 iyul (juma)

Oʻzbekiston – Tojikiston

Qirgʻiziston – Eron

Afgʻoniston – Turkmaniston

2-tur

27 iyul (shanba)

Tojikiston – Turkmaniston

Afgʻoniston – Qirgʻiziston

Oʻzbekiston – Eron

3-tur

29 iyul (dushanba)

Turkmaniston – Oʻzbekiston

Eron – Afgʻoniston

Tojikiston – Qirgʻiziston

4-tur

30 iyul (seshanba)

Qirgʻiziston – Turkmaniston

Eron – Tojikiston

Afgʻoniston – Oʻzbekiston

5-tur

1 avgust (payshanba)

Turkmaniston – Eron

Oʻzbekiston – Qirgʻiziston

Tojikiston – Afgʻoniston

Asosiy mavzular