13:55 13 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Vstrecha ministra sporta RF Pavla Kolobkova s prezidentom NOK Uzbekistana Rustamom Shaabduraxmonovыm

Rustam Shoabdurahmonov Rossiya sport vaziri bilan uchrashdi

Press-slujba Minsporta Rossii / Dmitriy Jarkov
Sport
Havola olish
84 0 0

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov Rossiya sport vaziri Pavel Kolobkov bilan uchrashdi.

TOSHKENT, 11 iyul – Sputnik. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov Rossiya sport vaziri Pavel Kolobkov bilan uchrashdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar qildi.

Uchrashuv davomida har ikki tomon oʻzaro hamkorlik borasida qator loyihalar xususida kelishuvga erishishdi.

“Rossiya va Oʻzbekiston uzoq yillik mustahkam aloqalarga ega va biz bu hamjihatlikni davom ettirishga tayyormiz. Rossiya sport vazirligi va Rossiya olimpiya qoʻmitasi Oʻzbekiston tomonining Rossiya sport vazirligi hamda Oʻzbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi oʻrtasida keng qamrovli hamkorlik qilish borasida 2019 yil uchun tuzilgan harakat rejasini maʼqullaydi. Mazkur loyiha hududlarda sportdagi ilm-fan yutuqlari, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi axborot almashinuvi, sport va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha tadbirlar tashkil qilish tajribasi, shuningdek, ikki Milliy olimpiya qoʻmitalari oʻrtasida chuqur hamkorlik qilish imkoniyatini yaratadi”, – dedi Rossiya sport vaziri Pavel Kolobkov.

Uchrashuv mobaynida oʻzbekistonlik sportchilarning katta musobaqalarga tayyorlanishi uchun Rossiya sport vazirligiga qarashli sport bazalari taqdimoti koʻrsatildi.

Tashrif davomida Shoabdurahmonovga MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi direktori, professor Abdushukur Sadikov hamrohlik qildi va Rossiyadagi sport tibbiyoti sohasi mutaxassislari bilan tajriba almashdi. Uchrashuv soʻngida Rossiya sport vaziriga Oʻzbekiston MOQning esdalik sovgʻalari taqdim qilindi.

Asosiy mavzular